Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek karatesining bugungi ayanchli ahvoli. Olimpiada 2020 sportchilarimiz ishtirokisiz o‘tadi(mi?)
20.02.2019 13:42,  
61

Karate bo‘yicha milliy terma jamoamizning ahvoli bugun juda ayanchli holga tushib qoldi. Terma jamoa sentyabr oyidan beri hech qanday Premer-Liga va A seriya musobaqalarini qoldirmay, barchasida bir xil tarkib bilan ishtirok etib kelmoqda.

Karate muxlislariga ma’lumki, Premer-Liga musobaqalarida dunyo reytingidagi eng kuchli sportchilar ishtirok etadilar, A seriya musobaqalarida esa barcha istiqbolli sportchilar ishtirok etishlari mumkin. Terma jamoaning natijalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, Ispaniya Jahon chempionati sportchilarimiz uchun biror-bir o‘rinsiz yakun topgan, A seriya Shanxay - natija yo‘q, Premer-Liga Fransiya - natija nol, Premer-Liga Dubay - sharmandali mag‘lubiyatlar. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: nega terma jamoa murabbiylari tarkibga hech qanday o‘zgartirish kiritmayapti yoki terma jamoada jahon tatamilarida natija ko‘rsata oladigan munosib zaxira yo‘qmi? Nega A seriya musobaqalarida ham terma jamoaning zaxira sportchilariga ishonch bildirilmagan? Tokio-2020 musobaqalariga litsenziya olish uchun tuzilgan rejada sportchilarni tanlab olishda murabbiylarning tarkib borasidagi bunday sayoz harakatlari zamirida nimalar bor? Yoki sport biznesga aylantirildimi?

To‘rtta eng katta musobaqadan quruq qo‘l bilan qaytdik. Chunki dunyoning yuqori reytingdan joy olgan sportchilarning litsenziya olish uchun to‘plagan ballari borgan sari ortib bormoqda. Biz uchun ularga yetib olish borgan sari qiyinlashmoqda. Nega terma jamoa faqatgina 2 murabbiyga tayanib qolgan? Murabbiylar kengashining ish faoliyati qay tartibda? O‘zbekiston chempionati g‘oliblarining natijalari asosiy tarkibga yoki zaxiraga olingan sportchilarning taqdiri nima bo‘ldi? Karateda rahbar yo‘q. Mullayev olimpiya qo‘mitasi ishonchini oqladimi? Karatening bugungi ayanchli holatiga sababchi kim? Boshqa sport turida shunday natija ko‘rsatilganida mutasaddilar tomonidan chora ko‘rilardi. Nega karate federatsiyasi va karate milliy terma jamoasi faoliyatiga Olimpiya Qo‘mitasi parda ortidan qaramoqda?

Biz karatechilarimizning o‘tmishdagi g‘alabalarini sog‘indik. Karate sport turi olimpiya o‘yinlariga kirgazildi, bizda esa g‘alabalar o‘rniga asossiz bahonalar vaj qilib ko‘rsatilmoqda. Karate federatsiyasining xalq oldida hisobot beradigan vaqti keldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан