Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek militsionerlariga fuqarolar shaxsini aniqlash uchun planshetlar beriladi
3.11.2017 13:46,  
262

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi maxsus planshetlar yordamida real vaqt rejimida fuqarolar shaxsini aniqlash bo‘yicha loyihani ishga tushirdi.

Bugungi kunga kelib poytaxtning turli tumanlarida o‘nlab militsionerlar ana shunday planshetlar bilan ta’minlandi. Planshetlarga turli maxsus dasturlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida fuqaroning shaxsini aniqlash, barmoq izlarini olish, navbatchi qism bilan bog‘lanib kerakli ma’lumotlarni yetkazish mumkin.

"Bu yangilik hujjati yo‘q fuqaroning shaxsini uni bo‘limga olib bormasdan aniqlash imkoniyatini beradi. Planshet yordamida uning shaxsi bir necha daqiqa ichida aniqlanadi. So‘ngra kerakli chora ko‘riladi. Agarda fuqaro masalan ilgari sudlangan bo‘lib, Chilonzorda yashasa va tungi soat uchda Bektemir tumanida yurgan bo‘lsa, unga nisbatan mantiqiy savollar paydo bo‘ladi", — dedi IIBB podpolkovnigi Aziz Sultonov brifing chog‘ida.

Poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning aytishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari mazkur jarayonning barcha nozik jihatlarini o‘rganishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан