Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek tiliga «s» tovushi kerakmi?
25.05.2019 20:57,  
1562

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining yangi ko‘rinishi taqdim etildi. Asosiy o‘zgarishlar:

- O’, g’, sh, ch harflari yagona belgidan iborat harflarga o‘zgartirildi: ó, ǵ, ş, ç
- «S» tovushini ifodalovchi yangi harf qo‘shildi: c.
- «Ng» tovushini ifodalovchi harfiy birikma alifbodan chiqarib yuborildi.

O‘zgarishlarning aksariyatini qo‘llab-quvvatlayman. Faqat bittasi jiddiy e’tirozimni uyg‘otdi. O‘zbek tiliga «s» tovushi va uni ifodalovchi harf kerakmi?

Birinchidan, bugungi o‘zbek tilida «s» tovushi mavjud emas. Uning g‘oyib bo‘lganiga kamida 25 yil bo‘ldi, o‘rtoqlar. 1993 yil lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi qabul qilinishi bilan o‘zbek tilidan «s» tovushi va uni ifodalovchi harf chiqarib tashlangan. Agar kirill yozuvida savodi chiqqan avlod lotin harflarida yozilgan o‘zbekcha matndagi «Sirk», «siklon» va «litsey» so‘zlarini «sirk», «siklon», «litsey» tarzida talaffuz qilayotgan bo‘lsa, bilingki, ular xato o‘qiyapti va o‘zbek tilida gapirmayapti. Chunki, takrorlayman, amaldagi o‘zbek alifbosida va u orqali ifodalanadigan o‘zbek tilida «s» tovushi mavjud emas. Men rus tili haqida emas, o‘zbek tili haqida gapiryapman.

Ikkinchidan, «s» tovushining chiqarib tashlanishi bejiz emas. Chunki turkiy tillarda «s» tovushi va u ishtirok etadigan so‘zlar mavjud emas. Aksariyatimiz rus tilini yaxshi bilganimiz uchun bu tovush hozir og‘zimizdan moydek silliq chiqishi mumkin, lekin etimologik va fonetik jihatdan bu tovush tilimizga yot. O‘zbek tilidagi «s» ishtirok etgan barcha so‘zlar rus tili orqali kirib kelgan. Bunday so‘zlarni kelgan joyiga qarab «s» yoki «ts» tarzida talaffuz qilish va yozish, til qoidalariga ko‘ra, to‘g‘ri bo‘ladi. Zotan, o‘tgan 25 yil davomida ta’lim olgan avlod shunday o‘qidi va o‘rgandi. Ular soni bugun jami aholining salmoqli qismini tashkil etadi. Nega endi kirill yozuviga o‘rgangan avlodni deb yosh avlodni qurbon qilishimiz kerak. Nega endi g‘oyib bo‘lganiga kamida 25 yil bo‘lgan tovush va harfni yana tiriltirishimiz kerak?

Nazarimda, hozir maqsad lotin yozuvini o‘zbek tiliga emas, balki kirill yozuviga moslashdek tuyilyapti. Qonunchilik nuqtai nazaridan «o‘lganiga» yaqinda o‘ttiz yil bo‘ladigan alifbo biz uchun hanuz andoza vazifasini o‘tayapti. Argumentlarning aksariyati yangi harflarni aynan kirillchaga qiyoslab, unda bor narsani yangi yozuvga ham o‘tkazishga urinishga o‘xshayapti.

Misol:

«Sirkda berilgan konsertdan keyin mototsiklimga minib pitssa yegani bordik».

Yuqoridagi gapni to‘g‘ri o‘qishimiz uchun bizga «s» harfi kerak, deyapti jurnalist Ibrat Safo. Bu matnda kelgan «s» harflarini «s» yoki «ts» shaklida yozsak va o‘qisak, nimasi xato? Bu yerda aslida birorta ham o‘zbekcha so‘z yo‘q. Hammasi rus tili orqali kirib kelgan va rus tili fonetikasi asosida qabul qilingan.

Chet so‘zlarni rus tili orqali emas, o‘z fonetik qoidalarimiz asosida qabul qilishni qachon boshlaymiz?

Aslida kirillchani andoza qilib olmasdan, balki undagi xatolarni ham tuzatishimiz kerak emasmi? Masalan, kirillchada aslida ya, yu, yo, ye ("ye" harflarini "e" bilan ifodalash) harflariga hojat yo‘q edi. Chunki bularning vazifasini "ya", "yu", "yo" "ye" harfiy birikmalari bajara oladi. Ya’ni, harflarni ko‘paytirish shart emas. Lotin alifbosiga o‘tishimiz bilan bu xato tuzatildi. Shu mantiq bilan qarasak, «s» tovushini bekor qilish yanada asosli ko‘rinadi. Chunki, birinchidan, «s»ni ifodalaydigan «ts» harflarimiz bor va ikkinchidan, o‘zbek tilida «s» tovushi mavjud emas!

Yangi alifboning so‘nggi ko‘rinishini taqdim etgan guruh «s» tovushi uchun «c» harfi kiritilganini quyidagicha asoslaydi:

“1) til jonli hodisa sifatida muntazam rivojlanadi: o‘tgan asrda tilimizga chet tillar, xususan, rus tili orqali s harfi qatnashgan juda ko‘p o‘zlashma so‘zlar kirib keldi — s harfi yoki ts birikmasi esa bu tovushni hamisha ham to‘la aks ettirmaydi;
2) xalqaro tabiatga ega bo‘lgan so‘zlar, xususan, ko‘p ilmiy-tibbiy atamalarda C/c (s) harfi juda faol ishtirok etadi;
3) o‘zga millat vakillarining ism-familiyasidagi s tovushini to‘g‘ri aks ettirish imkoniyati yo‘qligi bois ba’zan muayyan noqulaylik, chalkashliklar yuzaga kelmoqda. Masalan: Soy — Soy, Siskaridze — Siskaridze;
4) qadimiy lotin tiliga mansub bo‘lgan s harfli ko‘p so‘zlar asliyatda ham S/s harfi bilan yozilgan. Masalan: sirk (circus), sement (caementum), konsert (concerto), litsey (lyceum) va hak. Va bugun ham lotin alifboli ko‘p xalqlar bu so‘zlarni asliyatga muvofiq yoki yaqin tarzda yozadi.
5) dunyodagi ko‘p xalqlar alifbosiga faqat o‘zlashma so‘zlar uchun maxsus harflar kiritilgan. Masalan, vengr alifbosida — Q, W, X va Y harflari;
6) alifboga C/c (s) harfining kiritilishi kirill yozuviga o‘rganib qolgan katta avlod vakillarining ham lotin yozuviga tezroq moslashib ketishiga, rasmiy alifbomizning keng qo‘llanilishiga zamin yaratadi.

Mabodo, C/c tarafdorlarining yuqoridagi dalillari asosli deb topilsa va alifbomizga C/c (s) harfi qabul qilinsa ham, bizningcha, rus tili qonuniyatlariga ko‘r-ko‘rona ergashmasdan, o‘zlashma so‘zlarning etimologiyasi hamda tilimiz tabiatidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos qoidani joriy qilishimiz lozim.

Ehtimol, bu qoida shunday bo‘lar: «C/c harfi o‘zlashma so‘zlarda qo‘llaniladi. U so‘z boshida yoki undosh tovushdan keyin kelsa, S/s harfi kabi (cirk, lekciya), unli tovushdan keyin kelsa, ts (licey, administraciya) tarzida o‘qiladi». Shunda C/c li o‘zlashma so‘zlarni asliyatga muvofiq yozib, tilimiz tabiatiga ko‘ra talaffuz qilamiz”.

1, 2, 3-bandlar haqida tepada yozdim. Chet tillardan kirib kelgan «s» tovushini aynan shunday talaffuz qilish majburiyatiga ega emasmiz. Chunki bu tovush tilimiz xususiyatiga, fonetikasiga zid. Bu dalillarning asossizligini ko‘rsatish uchun shuning o‘zi kifoya qilishi kerak. Umuman, «s» ishtirok etgan barcha so‘zlar rus tili orqali kirib kelganini hisobga olsak va bu so‘zlarning asliga, ya’ni e’timologiyasiga qarasak, hech biri «s» shaklida talaffuz qilinmaydi. 4-bandda kelgan misollarning o‘zi buni ko‘rsatib turibdi. Shunday ekan, nega aslidan emas, rus tilidan olishimiz kerak?

Sovet davrida o‘zbek tilini rus tiliga va u orqali kirib keladigan so‘zlarga moslash uchun o‘zbek kirill alifbosiga «s» harfi kiritilganini unutmaylik. Bu narsa 100 yilcha oldin rus-sovet tilshunoslari tomonidan amalga oshirilgan. Demak, chet tilidan o‘zlashgan so‘zlarni qabul qilishimiz oson bo‘ladi, degan mantiq bilan tilimizni yana rus tili fonetikasiga tobe’ qilish aslida mantiqsizlikdir.

Keyingi dalillarga o‘tamiz.

«6) alifboga C/c (s) harfining kiritilishi kirill yozuviga o‘rganib qolgan katta avlod vakillarining ham lotin yozuviga tezroq moslashib ketishiga, rasmiy alifbomizning keng qo‘llanilishiga zamin yaratadi».

Bu, yuqorida yozganimdek, katta avlodga osonlashtirish uchun yangi avlodni qurbon qilishdan, yana 25 yil orqaga qaytishdan boshqa narsa emas. Qaysidir toifadagi odamlar osonroq o‘rganishi uchun alifboni buzish, shu paytgacha mavjud bo‘lgan xatoni tuzatmaslik yoki tuzatilgan xatoni qayta joriy qilish mantiqsizlik va ilmiy jihatdan xato yondashuv.

“Mabodo, C/c tarafdorlarining yuqoridagi dalillari asosli deb topilsa va alifbomizga C/c (s) harfi qabul qilinsa ham, bizningcha, rus tili qonuniyatlariga ko‘r-ko‘rona ergashmasdan, o‘zlashma so‘zlarning etimologiyasi hamda tilimiz tabiatidan kelib chiqqan holda o‘ziga xos qoidani joriy qilishimiz lozim.

Ehtimol, bu qoida shunday bo‘lar: «C/c harfi o‘zlashma so‘zlarda qo‘llaniladi. U so‘z boshida yoki undosh tovushdan keyin kelsa, S/s harfi kabi (cirk, lekciya), unli tovushdan keyin kelsa, ts (licey, administraciya) tarzida o‘qiladi». Shunda C/c li o‘zlashma so‘zlarni asliyatga muvofiq yozib, tilimiz tabiatiga ko‘ra talaffuz qilamiz”.

Yuqoridagi yondashuv ham fonetikamiz va imlomizni yanada chigallashtirishdan boshqa narsa emas. «C» harfini ikki xil talaffuz qilishning nima keragi bor? Buning uchun «s» va «ts» harflari borku.

Qolaversa, «c» harfi aholi orasida savodsizlarni ko‘paytirishga xizmat qiladi. Chunki yosh avlod orasida «s» tovushini farqlolmaydiganlar juda ko‘p, ayniqsa, rus tilini bilmaydiganlar orasida. Ular quyidagiga o‘xshash so‘zlarni xato yozishi mumkin:

Órgatsa - órgaca;
Ketsa - keca;
Kutsa - kuca;
Işlatsa - işlaca;

Yuqorida yozganimdek, «s» tovushiga ega barcha so‘zlar rus tilidan kirib kelgan. O‘zbekistonliklar esa o‘z ona tilida bexato yoza olishi uchun rus tilini bilishi majbur bo‘lib qolmasligi kerak. Demak, alifboga rus tili prizmasi bilan qarash xato.

Xullas, yangi o‘zbek alifbosiga «s» tovushi va uni ifodalovchi yangi harfning qo‘shilishini nafaqat tilga xiyonat, balki 25 yil orqaga qaytish deb hisoblayman. Bu O‘zbekiston xalqiga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan qimmatga tushadi.

Aytishlaricha, so‘nggi xulosa Oliy Majlisga taqdim etilgan. Oxirgi so‘zni endi qonunchilar aytadi. Hurmatli deputatlardan masalaga jiddiy yondashib, yuqorida tilga olingan sabablarga ko‘ra, «s» tovushi va harfiga o‘zbek tili alifbosidan joy bermasliklarini so‘rab qolaman. «C» harfini ««Ch» o‘rnida ishlatish mumkin.

Eslatma: Fikrlar muallifniki va «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi umumiy nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан