Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek uzumi va gilosi endi Misr bozorlarida ham sotiladi
13.06.2019 14:22,  
16

“Dunyo” nashrining ma’lum qilishicha, bunga mamlakatning Qohiradagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat o‘simlik karantini inspeksiyasi va Misr qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vazirligining Markaziy o‘simlik karantini boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik natijasida erishilgan.

"O‘zbekiston zaminida yetishtirilgan uzum va gilos mahsulotlarini Misr bozoriga olib kirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror qabul qilingani haqida Sizni xabardor qilishdan mamnunmiz", deyilgan Markaziy o‘simlik karantini boshqarmasi rahbari Ahmad al-Attarning mamlakatning Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini inspeksiyasi boshlig‘i Ibrohim Ergashevga yo‘llagan maktubida.

Kuni kecha Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov viloyatda yetishtirilgan mevalar ilk bor Angliya va Hindistonga eksport qilinganini xalqaro investitsiya forumda ma’lum qilgan edi. Namangan hokimining so‘zlariga ko‘ra, viloyatida 24 ming gektar mevali bog‘lar,9 ming gektar uzumzorlar mavjud. O‘tgan yilning o‘zida 750 ming tonna sabzavot, 250 ming tonna meva, 107 ming tonna uzum yetishtirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан