Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston 2019 yilning birinchi choragida dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi
6.05.2019 15:12,  
17

2019 yilning birinchi choragida O‘zbekiston dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi. Bu haqda World Gold Council (Oltin bo‘yicha jahon kengashi) hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi «Minbar».

«Jahon oltin bozorida joriy yilning birinchi choragida 11 tonna 300 kilo oltin sotildi. Bu anchadan beri kuzatilmagan yuqori sotish darajasidir va buning asosiy sababchisi uchta mamlakatning (O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston va Tojikiston) markaziy banklaridir», – deyiladi hisobotda.

Hisobotda aytilishcha, O‘zbekiston yanvar oyidan mart oyigacha 6,2 tonna oltin sotgan. Bu ikkinchi o‘rinda kelayotgan Mo‘g‘ulistondan deyarli ikki barobar (3,4 tonna) ko‘p. Uchinchi o‘rinni Tojikiston (1 tonna) egalladi.

Jahonda eng ko‘p oltinni (55,3 tonna) sotib olgan davlat esa Rossiya bo‘ldi. Rossiya to‘rt yildirki oltinning eng katta xaridori bo‘lib kelmoqda. Bu uning AQSh g‘aznasining qimmatli qog‘ozlaridan voz kechish va iqtisodiyotini dollardan xoli qilish harakatining bir qismidir.

Eng ko‘p oltin sotib olganlarning ikkinchisi Turkiya (40 tonna), uchinchisi Xitoydir (33 tonna).

O‘zbek oltinining asosiy xaridori Shveysariyadir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан