Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston aholisi bir yilda necha nafar kishiga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi
15.01.2018 18:15,  
20

O‘zbekiston doimiy aholisi soni 2018 yil 1 yanvar holatiga 32 653,9 ming kishini tashkil qilib, 2017 yilda 533,4 ming kishiga yoki 1,7 foizga o‘sgan

Bunday raqamlar Davlat statistikasi qo‘mitasi hisobotida respublikaning demografik holati haqida hisobotida qayd etilgan.

Jumladan, shahar aholisi soni 16 533,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 foiz), qishloq aholisi soni 16120,0 ming kishini (49,4 foiz) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2018 yil 1 yanvar holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida 3 719,6 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 foizni) tashkil etib, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyatida 3 620,1 ming kishini (11,1 foiz), Qashqadaryo viloyatida 3 148,1 ming kishini (9,6 foiz), Andijon viloyatida 3011,6 ming kishini (9,2 foiz) tashkil etdi.

2018 yil 1 yanvar holatiga aholisi soni 3 mln. kishidan oshgan hududlar soni 4 tani tashkil etdi.

2017 yilda 715,5 mingta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 22,1 promilleni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2016 yilda 22,8 promille bo‘lgan).

2017 yilda 161,5 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 5,0 promilleni tashkil etib, 2016 yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega oshdi (2016 yilda 4,9 promille bo‘lgan).

2017 yilda FHDYo organlari tomonidan 306,0 mingta nikoh qayd etildi. Respublika bo‘yicha 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 9,4 promilleni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан