Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston amaldorlari maktabda dars o‘tishdi (foto)
4.09.2019 17:56,  
54

Bugun, 4 sentyabr kuni respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi. Viloyat hokimlari, senatorlar maktablarda dars o‘tgani haqida xabar va suratlar ijtimoiy tarmoqda e’lon qilindi.

23 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektorda viloyat, tuman va shahar hokimlari hamda boshqa rahbarlar maktablarga borib, dars berish tartibini joriy etish topshirilgandi.

Xo‘sh, kim, qayerda, qaysi fandan dars o‘tdi? 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov o‘zi tahsil olgan respublika fizika-matematika maktab-internati - hozirgi O‘zMUning S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining birinchi bosqich o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda ilk o‘quvchilar bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev o‘zi o‘qigan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 238-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi 1440 o‘rinli 18-umumta’lim maktabida o‘quvchilarga dars o‘tdi

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofirjon Mirzayev Sardoba tumanidagi 8-maktabning 11-“A” sinfida yangi o‘quv yilining ilk – “Mustaqillik” darsini o‘tdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona shahridagi 10-umumta’lim maktabida mustaqillik darsini o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev Koson tumanidagi 62-maktabda Mustaqillik darsini o‘tdi.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Chortoq tumanidagi o‘zi ta’lim olgan 9-umumta’lim maktabining 9-sinfida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostidagi mustaqillik darsini o‘tdi

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Jizzax shahridagi H.Olimjon va Zulfiya nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev o‘zi o‘qigan Shayxontohur tumani, Huvaydo mahallasidagi 169-maktabga borib, “Bilimlar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir va “Mustaqillik dars”larida  ishtirok etdi.

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov Karmana tumanidagi o‘zi tahsil olgan 21-umumiy ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim maskaniga ilk qadam quygan bolajonlarga “Prezident sovg‘asi”ni tantanali topshirdi hamda 11-sinf o‘quvchilariga dars o‘tdi.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev o‘zi ta’lim olgan Qorako‘l tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan o‘tkazilgan ana shunday tadbirda ishtirok etdi

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Rustam Xolmatov Qibray tumanidagi 4-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarga “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан