Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston banklari nimasi bilan Rossiyanikiga o‘xshaydi?
4.09.2019 16:01,  
7

Qozog‘istonning Usdspace instagram sahifasi O‘zbekiston banklari tahliliga bag‘ishlangan post e’lon qildi.

Sahifada yozilishicha, O‘zbekistonda ham Rossiyadagi kabi 70% bankda davlat kapitali mavjud. Deyarli barcha kreditlarni "ular" beradi. Ayrim davlat banklari jalb qiladigan depozitidan ko‘ra 5 barobar (!) ko‘proq kredit beradi. Shu vajdan qandaydir bank likvidliligi haqida gapirishning o‘zi noto‘g‘ri.

Usdspace ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimiz banklarining umumiy kapitali 31.19 mlrd AQSh dollari bo‘lib, eng katta kapitalga ega bo‘lgan davlat banki OʻzMilliybank — 8.54 mlrd $, xususiy banklardan esa Hamkorbank o‘zining 88 mln dollarlik aktivlari bilan eng yuqorida turibdi.

Bozorda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan beshta bank ham davlatga tegishli: OʻzMilliybank, Asakabank, Ipotekabank, SQB va Xalq banki. Xususiy banklardan Kapitalbank 5.7% hissasi bilan ro‘yxatning 6-o‘rnidan joy egallagan.

Mamlakatimizdagi valyuta kursiga e’tibor qaratgan mualliflar shunday yozishgan: “... ikki hafta ilgari so‘m suzuvchi kursga o‘tgandi va shundan beri 7% ga arzonlashdi. Hozirda O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari Qozog‘istonnikidan ko‘proq”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан