Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari bilan tanishing
18.02.2019 20:10,  
177

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 17 fevral holatidagi narxlarini e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mol go‘shti
28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha

O‘zbekiston bozorlarida 1 kg mol go‘shti 28000 so‘mdan 40000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda. 

Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da kuzatildi. 1 kg. mol go‘shtining narxi 28000 so‘mdan 40000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Farg‘ona markaziy bozorida – 36000 – 40000 so‘m.

Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha

Poytaxt bozorlarida 1 kg qo‘y go‘shti 28000 – 40000 ming so‘mgacha sotilmoqda. 

Engarzon narx – 1 kg qo‘y go‘shti narxi 28000 – 40000 so‘m. 

Eng qimmat narx Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da, Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1 kg qo‘y go‘shti 34 000 – 42000 so‘m.

Tovuq go‘shti
14 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Farg‘ona markaziy bozorida - 18000 – 20 000 so‘m 

Eng arzon narx “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozor (Navoiy viloyati), Urganch shahar Markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida – 14000 so‘m 

Poytaxt bozorlarida 1 kg tovuq go‘shtini o‘rtacha 17000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Guruch
3 500 so‘mdan 13 000 so‘mgacha

O‘tgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Bu haftada ba’zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.

Eng qimmat narx Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 5000 – 13000 so‘m. 

Eng arzon Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 3500 – 12000 so‘m 

O‘simlik yog‘i
8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha

Eng arzon “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri) – 8000 – 11500 so‘m. 

Eng qimmat narxlar “Mirobod” dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) – 12500 so‘mgacha.

Un
1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Unning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan. 

Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da– 1 kg 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori (Navoiy viloyati), Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida – 3000 – 3500 so‘m.
 
Shakar
4 200 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da – 5000-5500 so‘m. 

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4200 – 4500 so‘m. 

Tuxum
400 so‘mdan 650 so‘mgacha

Mamlakat bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 450-650 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka
1 200 so‘mdan 3 000 so‘mgacha

Kartoshkaning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan. 

Eng arzon narx “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da, Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, “Farhod” dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1200 so‘mdan 2500 so‘mgacha. 

Eng qimmat narx “Mirobod” dehqon bozori (Toshkent shahri)dabozorida 1 kg kartoshka 3000 so‘mgacha.

Pomidor
5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori (Navoiy viloyati),Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da– 5000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha. 

Eng qimmat narx Andijon viloyati Yangi shahar dehqon bozorida – 10 000 – 18000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni
1500 so‘mdan 3500 so‘mgacha

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori – 1 500 so‘mdan 2500 so‘mgacha. 

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori– 1500 – 3500 so‘mgacha.

Mamlakatning aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан