Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston elchisi Angela Merkel bilan uchrashdi
12.07.2019 12:15,  
8

O‘zbekistonning Berlindagi elchisi Nabijon Qosimov Germaniya kansleri Angela Merkel taklifiga binoan «Mezeberg» qarorgohida mamlakatda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari uchun uyushtirilgan rasmiy qabulda ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qabul doirasida bo‘lib o‘tgan qisqa suhbatda Merkel Shavkat Mirziyoyevning joriy yil yanvar oyida Germaniyaga va prezident Frank-Valter Shtaynmayerning may oyida O‘zbekistonga tashrifini muvaffaqiyatli va samarali bo‘lganini qayd etdi. Ular ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.

Germaniya kansleri O‘zbekiston Prezidentiga ehtiromini bildirib, ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан