Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston ichki bozoridagi avtomobillarga ham kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlar o‘rnatiladi
25.05.2019 14:09,  
5

Xorijiy davlatlarga eksport qilinadigan GM Uzbekistan avtomobillarida kunduzgi chiroq avtomatik ravishda yonib-o‘chishga mo‘ljallangan. Ularda bunday tartib 2011 yildan amalga kiritilgan yangi avtomobillar uchun kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlarni o‘rnatishi shartligi belgilangan. Ichki bozordagi avtomobillarda nega bunday funksiya mavjud emas? "Munosabat" ko‘rsatuvida mazkur savolga javob berildi.

"O‘zavtosanoat" AJ boshqarma boshlig‘i Shafqatbek Alimovning so‘zlariga ko‘ra, xorijda avtomobil xavfsizligi bo‘yicha belgilangan texnik reglamentda avtomobillar uchun kunduzgi avtomatik yonuvchi chiroqlarning o‘rnatilishi talab sifatida qo‘yilgan.

"Bizda mazkur reglament 2017 yilning 25 aprelida Vazirlar Mahkamasi tegishli qarori bilan ishlab chiqilgan va unda xtiyoriy deb belgilangan. Shunga qaramasdan hozirgi kunda biz avtomobillarimizga konstruktiv o‘zgartirishlar kiritishni boshladik. Bu tez oylarda amalga oshiriladi", – deydi "O‘zavtosanoat" vakili.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан