Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston moliya vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
22.05.2019 12:01,  
4

Timur Ishmetov O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinladi, deya xabar qiladi «Gazeta.uz». 2017 yildan u Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Timur Ishmetov 1979 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Birmingem universitetining International Moneyand Banking yo‘nalishida magistratura bosqichini, 2007 yilda Toshkent yuridik universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 2017 yil apreligacha turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi. Jumladan, turli vaqtlarda MBning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar va Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentiga rahbarlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirining avvalgi birinchi o‘rinbosari Ahadbek Haydarov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан