Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston o‘z fuqarolarini Suriyadan qaytarish uchun ikkinchi operatsiyani tayyorlamoqda
17.07.2019 22:04,  
30

30 may kuni gumanitar amaliyot natijasida O‘zbekiston qurolli to‘qnashuvlar hududida bo‘lgan 156 ta fuqarosini mamlakatga qaytardi. Ular maxsus reys bilan Damashqdan Toshkentga keltirildi.

Ushbu maxsus operatsiya “Mehr” deb nomlandi va musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida amalga oshirildi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, amaliyotni o‘tkazishda bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan Qizil xoch qo‘mitasi va YuNISEF ko‘maklashgan, deb yozmoqda CABAR.asia tahliliy portali.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilishicha, fuqarolarni Suriyadan qaytarish bo‘yicha topshiriqni shaxsan Shavkat Mirziyoyev bergan. Keyinroq Mirziyoyev ushbu jarayon qiyin kechganini tan oldi.

“Suriyadan fuqarolarimizni katta qiyinchilik bilan olib keldik. U yerga uchgan birinchi samolyotimizni urib tushirish bilan tahdid qilishdi. Menga qo‘ng‘iroq bo‘ldi, urib tushirishmoqchi deb. Men eng yaqin aeroportga qo‘nish haqida topshiriq berdim. Ular Ozarbayjonga qo‘nib, keyin ortga qaytishdi. Jangarilar lageriga 5 ta avtobusimiz kirib, 2 tasi qaytib chiqdi. Qolgan fuqarolarimizni bermadi”, – dedi prezident Senatning Toshkentdagi 20-yalpi majlisida.

Mirizyoyevning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarning harbiy harakatlar zonasiga ketishiga mamlakatda sharoitlar yetishmasligi sabab bo‘lgan. Prezident ushbu sabablarni bartaraf qilish kerakligi haqida gapirgan.

“Xo‘sh, ular nima uchun ketgan? Ahvolimiz xarob bo‘lgani uchun, sharoit bo‘lmagani uchun ketgan. Lekin u yerda nima bo‘ldi? Xotin-qizlarimizni sotishdi, besh bola besh otadan, 14 yoshli qiz tuqqan. Shu holat bizga yarashadimi?”, – degan edi sal avvalroq davlat rahbari.

Qaytarilganlar kimlar?

O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, repatriantlar Markaziy Osiyoda taqiqlangan “Islom davlati” terroristik tashkiloti nazorat qilgan hududlarda bo‘lgan.

Ularning orasida 48 ta ayol, bir erkak, qolganlari yosh bolalar, jumladan ikkita yetim bola ham bor. Yetib kelishi bilan ularning barchasini Toshkent viloyatidagi “Bo‘ston” sanatoriysiga joylashtirishgan. U yerda ushbu fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ular bilan psixologlar va imom-xatiblar shug‘ullanmoqda.

“Tibbiy tekshiruv jarayonida ikki ayol va bir bola o‘q tegishi natijasida oyoqlaridan ayrilgani, yana bir bola o‘tkir ichak infeksiyasidan aziyat chekayotgani, bolalarning 25 tasida somatik kasalliklar bo‘lgani aniqlangan. Uchta bolaga pnevmoniya va septik otit tashxisi qo‘yilgan. Yana bir bola pastki jag‘ osteomiyeliti tashxisi bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan”, – deb javob berdi DXX CABAR.asia portalining so‘roviga.

Bundan tashqari, ikki ayolning qo‘lida sakkiz va o‘n oylik go‘daklari bor. Yana bir 14 yoshli qizning to‘rt oylik chaqalog‘i bor. Prezident aynan shu qiz haqida gapirgandi. Ularning orasida homilasi olti oylik bo‘lgan ayol ham bor.

Hozir repatriantlarga pasportlar va tug‘ilganlik haqida guvohnomalar berilgan. Ba’zilariga qarshi jinoiy ish ochilgan, ammo ularga nisbatan hibs bilan bog‘liq bo‘lmagan choralar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston maxsus xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi harbiy amaliyotlar zonasida hamon o‘zbekistonliklar qolmoqda. Endi davlat yana 177 ta fuqarosini qaytarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Ular hozir Suriyaning al-Xasaka viloyatidagi “al-Xol” lagerida. Ularning shaxslari aniqlangan. Ular 48 ta ayol, qolganlari esa bolalardir”, – ma’lum qiladi DXX.

Ma’lumot manbalari

Umuman olganda, O‘zbekiston terroristik tashkilotlar qatoriga qo‘shilib qolgan fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Asosiy e’tibor birinchi navbatda ayollar va bolalarga qaratilgan.

Xorijiy OAVlar O‘zbekistonning Suriya va Iroq armiyalari bilan to‘qnashuvlarda asirga tushgan boshqa fuqarolari haqida ham xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik mustaqil tahlilchi Farhod Mirzaboyevning fikricha, davlat ushbu fuqarolarni ham ekstraditsiya qilish bo‘yicha tegishli mamlakatlarning hukumatlari bilan muzokaralar o‘tkazishi kerak.

“Bu mamlakatlarda ishga layoqatli hokimiyat organlari bor, ular bilan fuqarolarimizni o‘z vatanida jazoni o‘tashlari uchun bizga berishlarini so‘rab muzokara o‘tkazish lozim”, – deydi ekspert.

Mirzaboyevning fikricha, ushbu fuqarolar bebaho ma’lumot manbaiga aylanishi mumkin. Ular terroristik tashkilotlar qatorida bo‘lgan o‘zbekistonliklar, qo‘shni Afg‘onistonga ko‘chishlar, mamlakat ichkarisidagi vaqtincha nofaol bo‘lgan yacheykalar, shuningdek odam yollash kanallari haqida ma’lumot va boshqa ko‘plab axborotlarni taqdim etishlari mumkin.

“O‘shanda bu boradagi siyosiy samaradorlik bir necha barobar oshadi”, – deydi tahlilchi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, Turkiya va Rossiyadagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish, mamlakat masjidlarida va televideniyeda ma’rifatchilik faoliyatini olib borish ham o‘z natijasini berishi mumkin.

“Fuqarolarimiz ish izlab xorijga ketmasligi va u yerda yollovchilarning tuzog‘iga tushib qolmasligi uchun O‘zbekistonning o‘zida ish o‘rinlari yaratish kerak”, – deya ta’kidlaydi so‘zining yakunida Mirzaboyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан