Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston, Pokiston, Turkiya harbiylarining ilk mashg‘ulotlari boshlandi (foto)
23.04.2019 12:42,  
18

22 aprel kuni “Forish” poligonida “Hamdo‘stlik qalqoni—2019” hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlar 27 aprelga qadar davom etadi.

Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, unda Pokiston va Turkiyaning O‘zbekistondagi harbiy attashelari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari ishtirok etdi.

На полигоне Фориш состоялось открытие совместных учений Узбекистана, Пакистана и Турции

“Hamdo‘stlik qalqoni-2019” o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi o‘quv mashqlarida harbiy xizmatchilar jahonda va mintaqada keskin o‘zgarib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, milliy va global xavfsizlik sohasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xatar hamda tahdidlarga qarshi kurashishning eng ma’qul usul va uslublarini qo‘llash borasida o‘zaro tajriba almashadilar.

“Osiyoning eng ilg‘or armiyalardan biri hisoblanuvchi O‘zbekiston armiyasi bilan tajriba almashish, biz uchun muhim ahamiyatga ega. O‘ylaymanki, bir necha kun davom etadigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quvlar uchchala tomon uchun ham birdek manfaatli bo‘ladi”, — deydi Pokiston maxsus bo‘linmasi komandiri Salmon Tariq.

На полигоне Фориш состоялось открытие совместных учений Узбекистана, Пакистана и Турции

Ochilish marosimi yakunlangach, mehmonlar poligonda ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni saqlash bo‘yicha yaratilgan ko‘rgazmali vositalar bilan tanishdi.

На полигоне Фориш состоялось открытие совместных учений Узбекистана, Пакистана и Турции

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning oktyabr oyida “Forish” poligonida Rossiya va O‘zbekiston mudofaa idoralari tog‘-o‘qchi bo‘linmalarining hamda 2018 yilning iyul oyida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar bilan qozog‘istonlik hamkasblari o‘rtasida hamkorlikdagi mashg‘ulotlari o‘tkazilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан