Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi Instagram’ga oilaviy suratini joyladi
6.06.2019 14:22,  
47

O‘zbekiston prezidentining kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi sahifasida oilaviy suratini e’lon qildi.

Umarov o‘z postida barchani Ramazon hayiti ayomi bilan tabrikladi.

“Mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti ostonasida turibmiz. Bugun Arafa. Yurtimiz ahlini, barcha mo‘minlarni tabriklayman! Savob amallarimiz, xayrli ishlarimiz yil bo‘yi davomli bo‘lsin. Keyingi ayyomlarga tinchlik-xotirjamlikda, salomatlikda, yorug‘ yuz bilan yetkazsin. Hayit muborak bo‘lsin, azizlar!”, - deb yozgan postda.

Bu surat 40 ming yaqin layk to‘pladi. Post ostida besh yuzdan ortiq izoh qoldirildi.   

4 iyun kuni Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uy kiyimida osh pishirayotgan suratini joylashtirgan edi.

“Ba’zida oilaviy dasturxonimiz uchun oshni Dadamlar damlab beradilar. Biz esa ularga yordamchi. Arafa muborak!”, - degan so‘zlar bilan birgalikda.

Ushbu surat joylashtirilganidan so‘ng u bir zumda 17 ming "layk" oldi va uning ostida 2,5 mingdan ortiq izohlar paydo bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан