Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston-Qozog‘iston: xorij kapitali uchun kurashda kim g‘alaba qozonadi?
16.08.2019 17:26,  
36

Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkinning prognoz qilishicha, O‘zbekiston yaqin vaqtlarda post sovet mamlakatlarining 2-iqtisodi bo‘lishi mumkin. Bu haqida iwep.kz portali xabar tarqatmoqda.

Qozog‘iston jahon iqtisodiyoti va siyosati instituti eksperti Ladiya Poxromchik xonim fikricha, hozir Markaziy Osiyoda kapital uchun raqobat trendi jadallashmoqda.

«Qozog‘iston uchun, xuddi bizning qo‘shnilarimiz kabi sarmoyaviy muhitni yaxshilash hamda investitsiya uchun tijoriy imkoniyatlar yaratish nihoyatda muhim», - qo‘shimcha qiladi Parxomchik. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent bozor iqtisodiyotiga o‘tishda bir qancha faktorlarga qarshi mardonavor bardosh bera olmog‘i lozim.

O‘tgan yili O‘zbekiston milliy iqtisodiyotiga 1,8 mlrd dollarlik sarmoya jalb qilgan bo‘lsada, bu 2017 yilgi 2.49 mlrd dollarlik ko‘rsatkichdan ancha kamdir.

YaIM miqdori 2018 yilda 170 mlrd dollar bo‘lgan Qozog‘istonda esa 2016-2018 yillarda xorijiy sarmoya miqdori 58 foizga ortgan. Aniq raqamlarda 2017 yilgi 20.9 mlrd dollarlik chet el kapitali 2018 yilga kelib 24,27 mlrd $ni tashkil etgan. O‘tgan yili oxirida chiqarilgan yangi partiya qozoq yevrobondlari 5.8 mlrd dollarni tashkil etgan portfel investitsiya uchun kompensatsiya bo‘lib xizmat qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан