Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Qozog‘istondan elektr energiya sotib olishni boshladi
18.07.2019 12:32,  
34

Iyun oxiridan, uzoq yillar davomida birinchi marta Qozog‘iston O‘zbekistonga elektr energiya eksport qila boshladi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vazirligi xabar berdi.   

Ikki davlatning vakolatli tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan bitimga ko‘ra, 2019 yil davomida O‘zbekiston energetika tizimiga 1 mlrd kVt-soatdan oshiqroq elektr energiya eksport qilinadi. O‘zbekistonga elektr energiya eksportini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri Qozog‘istonning ichki ehtiyojini ta’minlash  hisoblanadi. 

“Qozog‘iston iste’molchilarini elektr ta’minoti bilan uzluksiz va ishonchli ta’minlash uchun avariyaga qarshi avtomatikani sozlash bo‘yicha tadbirlar majmuasi va texnologik qoidabuzarliklar vaziyatida o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun cheklovlar kiritish ko‘zda tutilgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lum bo‘lishicha, elektr energiya yetkazib berish boshlangan va iyun oyi oxiridan 17 iyulgacha O‘zbekistonga 145 mln kVt-soat elektr energiya eksport qilingan. 

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston elektr energiyasini yetkazishi Qozog‘istondagi elektr stansiyalarni modernizatsiyalash, rekonstruksiyalash va kengaytirish hisobiga elektr quvvatlaridagi profitsit evaziga mumkin bo‘lgan. 

Xabarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar nafaqat elektr energetikasi sohasida, balki iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham o‘zaro manfaatli hamkorlikka xizmat qilishi qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiya sota boshlashi haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан