Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishonlari topshirildi
13.01.2017 01:00,  
25

Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 25 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda bilim yurtining bir qator harbiy xizmatchilariga, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilariga davlatimiz mustaqilligini himoya qilishdek mas’uliyatli va fidokorona xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil» esdalik nishonlari topshirildi

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 28 noyabrda imzolagan farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligini nishonlash hamda davlatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash maqsadida "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil" esdalik nishoni ta’sis etilgan edi. Mazkur mukofot Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari va xizmatchilariga beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан