Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘zbekiston temir yo‘llari» mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar e’lon qildi
19.08.2019 18:41,  
20

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 31 avgust - 3 sentyabr kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar beradi.

Xususan:

- Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941−1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan — 50 foiz.

- Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari — 15 foiz.

- Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) — 15 foiz.

- Kollektiv (hamkasblarga) (4 kishidan ortiq — yo‘riqnoma asosida) — 15 foiz.

- Afrosiyob tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga — 10 foiz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан