Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Turkiya va Xitoyga qalampir eksport qiladi
17.10.2018 12:25,  
11

O‘zbekiston Turkiya va Xitoyga qalampir eksport qiladi. Bu haqda “O‘zagroeksport” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonda joriy yilda 200 ming tonna xo‘l qalampir hosili kutilmoqda, ushbu mahsulot quritilganidan so‘ng o‘rtacha 50-60 ming tonnani tashkil etadi.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda  achchiq va shirin qalampirni ishlab chiqarish xajmi 3 mln 500 ming tonnani tashkil qildi. Quritilgan qalampirning jahondagi o‘rtacha narxi mavsumga qarab 1 kg mahsulot uchun 1,5 dollardan 3 dollargacha baholanadi.

Qalampirning yetishtirish agrotexnologiyasining xususiyatidan kelib chiqib xosil 4-5 marotaba terib olinadi. Terib olingan hosil  xarajatsiz asosan tabiiy xolda quritiladi. Quritilgan qalampir uzoq muddat saqlanishi mumkin va talabga qarab yanada qimmatroq sotish imkoniyati mavjud.

“BigAgro” kompaniyasi dexqon va fermerlardan qalampirni sotib olishdan tashqari ushbu mahsulotga ishonch bildirgan holda 2000 gektar yerga xorijdan urug‘ olib kelib ekdi.

“Nov Agro” kompaniyasi esa 600 gektar yerga achchiq qalampir ekib xosilini terib olmoqda va undan 10 ming tonnasini eksportga yo‘naltirish uchun shartnomalarga ega.

Bugungi kunda Namangan viloyatining “Mingbuloq Meva-sabzavot Agroeksport” MChJ kompaniyasida Turkiyaga 35 ming, Xitoyga 10 ming tonna qalampir eksportini amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Shuningdek bir qancha boshqa korxonalarda xam qalampir eksporti shartnomalari mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан