Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston ustidan Ilon Maskning 60 ta sun’iy yo‘ldoshi bir chiziq bo‘lib uchib o‘tdi (video)
26.05.2019 13:16,  
786

Toshkentliklar 25 maydan 26 mayga o‘tar kechasi shahar osmonida bir chiziq bo‘lib o‘tayotgan 60 ta sun’iy yo‘ldoshni kuzatishdi. Ushbu haqidagi video Youtube'da joylashtirilgan.

Shuningdek ushbu sun’iy yo‘ldoshlar uchib o‘tishini dunyoning tulri shaharlari ustida  kuzatish mumkin edi. Eng sifatli video Gollandiyada suratga olingan.

Ushbu sun’iy yo‘ldoshlar shodasi 24 may kuni amerikadan uchirilgan bo‘lib ularni Yer orbitasiga Space X raketasi olib chiqqan edi. Ular Ilon Maskning Starlink loyihasi doirasida uchirilgan birinchi 60 tasun’iy yo‘ldoshdir. Har bir sun’iy yo‘ldoshning o‘rtacha og‘irligi 220 kilogramni tashkil qiladi.

Starlink loyihasi – butun Yer sharini koinot orqali ishlaydigan Internet bilan qoplab olishni nazarda tutgan. Buning uchun kamida 800 ta ana shunday sputniklarni 450 km balandlikdagi orbitaga olib chiqish kerak. Kelajakda ushbu sputniklar soni 12 000 taga yetishi mumkin. Internet ishlashi uchun faqat sun’iy yo‘ldoshning o‘zi yetarli emas, Yerda ham bazaviy stansiyalar o‘rnatilishi va radioto‘lqin chastotalari ajratilishi kerak. 

Quyida Starlink  loyihasi haqida animatsion videolavha bilan tanishing.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан