Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Gruziya TIV rahbarlari hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
11.09.2019 15:54,  
3

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot-xizmati.

"Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi", - deyiladi xabarda.

Vazirlar ikki tomonlama hamkorlik institutlari faoliyatini va turli shakllardagi aloqalarni faollashtirish zarurligini qayd etdilar. 

Uchrashuvda dolzarb xalqaro masalalar, jumladan BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda Gruziya Elchisi Zurab Andushelishvili ham ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан