Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
17.06.2019 17:17,  
18

Shavkat Mirziyoyev 17 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlar 14-15 iyun kunlari Bishkek va Dushanbe shaharlarida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammiti tadbirlari yakunlari yuzasidan fikr almashishdi.

Suhbatda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida ustuvor loyiha va dasturlarni, jumladan, 30 may kuni Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya birinchi majlisida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalarni ham muhokama qilishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан