Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlari ochilishi mumkin
10.07.2019 10:23,  
38

Anqara shahrida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiyaning Transport va infratuzilma vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari ishtirokida davlatlar o‘rtasida xalqaro yuk tashish hajmini oshirish muhokama etilgan.

Bundan tashqari, bu yo‘nalishda o‘zaro ruxsatnomalar berish tartibini takomillashtirish, yuk tashuvlari bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni o‘zaro almashish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, davlatlar o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish masalasi ham muhokama etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан