Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlardan biri deb topildi
17.07.2019 10:46,  
61

Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlar reytingini e’lon qildi. 

Reytingga dunyoning 136 ta mamlakati kiritilgan bo‘lib, u uy-joy ijara puli, yashash indeksi qiymati va aholining xaridorlik qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar asosida tuzilgan.

Kayman orollari 2019 yilda yashash uchun eng qimmat davlat deb topilgan. Undan keyingi o‘rinlarni Bermud orollari, Shveysariya, Norvegiya va Amerikaning Virginiya orollari egallagan. Eng qimmat shaharlar sifatida Shveysariyaning Bazel, Syurix, Lozanna, Jeneva va Bern, Norvegiyaning Stavanger, Oslo, Tronxeym va Bergen, shuningdek, Nyu-York tan olingan.

Eng arzon davlatlar esa Tunis, Suriya, Hindiston, Afg‘onistan va Pokiston deb topilgan. O‘zbekiston bu reytingda 136 ta davlat ichida 131-o‘rinni egallagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан