Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda 2 ta yangi gaz koni topildi
11.07.2019 17:36,  
14

O‘zbekistonda 2ta yangi gaz koni topildi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Qoraqalpog‘istondagi “Oraliq” gaz konida  

Qaraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan, 1-qidiruv qudug‘ining chuqurligi 3910 metrni tashkil etadi. Sinov ishlarining natijalariga ko‘ra bu quduqda  tabiiy gazning sanoat oqimining sutkalik debiti 300 ming m3 miqdorida.     

Bundan buyon mazkur quduqda mahsulot bo‘lishi mumkin bo‘lgan gorizontlarni tadqiq qilish ishlari davom ettirilib, qatlamlarning ko‘lamini aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqodlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari mutaxassislar kon-geofizika tadqiqodlarining to‘liq kompleksini o‘tkazgan holda yana navbatdagi ikkita – 2-sonli va 3-sonli qidiruv quduqlarini burg‘ilashadi. 

Farg‘onadagi “Chaqar” konida

“Chaqar” strukturasi Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hududida joylashgan. Joriy yilning mart oyida mutaxassislar 2-quduqni burg‘ilashni boshlashgan. 2019 yil 10 iyulida esa 1710 metr chuqurlikda tabiiy gazning sanoat oqimi olindi, uning sutkalik debiti 300 ming m3 miqdorida.     

Yaqin kelajakda qatlamlarning ko‘lamini aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqodlarini o‘tkazish  hamda kon-geofizika tadqiqodlarining to‘liq kompleksini o‘tkazgan holda yana ikkita quduq burg‘ilash rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJ bugungi kunda yiliga 70 milliard metr kub tabiiy gaz hamda 8 million tonna suyuq ugelvodlar qazib oladi. Aytish joizki, zahiralar tugashi munosabati bilan so‘nggi 15 yil davomida suyuq uglevodlar qazib olish hajmi keskin kamaygan. Tabiiy gaz qazib olish hajmi yiliga o‘rtacha 6 %ga o‘sib kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан