Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olish chorasi topildi
21.08.2019 11:58,  
76

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olish chorasi topilganini ma’lum qildi.

Saratonning bu turining oldini olish borasida sinalgan va samarali strategiyalar mavjud. Ulardan biri — odam papillomavirusi (OPV) ga qarshi emlash. O‘zbekiston bu borada birinchi qadamni qo‘ydi, ya’ni shu yilning noyabridan boshlab 9 yoshli qizlar ushbu kasallikka qarshi emlanadi.

Milliy emlash kalendariga ko‘ra, mamlakatda bolalar davlat byudjeti hisobidan 12 ta boshqariladigan infeksiyalarga qarshi emlanadi. Shuning uchun ham mamlakatda epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda.

“Endilikda OPVga qarshi vaksinaning joriy qilinishi esa yana bir og‘ir kasallik — bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olishga xizmat qiladi. Yurtimizda 9 yoshli o‘smir qizlarni rejali emlash shu yilning noyabr oyidan boshlanadi. Buning natijasida kelajakda har yili 1 100 ta kasallanish va bachadon bo‘yni xastaligi bo‘yicha 600 ga yaqin o‘lim holatlarining kamayishiga erishiladi”, - deyiladi SSV xabarida.

Bachadon bo‘yni saratoni ayollar salomatligiga tahdid qiluvchi jiddiy kasalliklardan biri hisoblanadi. 2018 yilda dunyoda bachadon bo‘yni saratoni bilan qariyb 570 000 yangi kasallanganlik holati qayd etilgan. Har yili shu kasallikdan 311 000 dan ortiq ayollar vafot etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан