Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda bedarak yo‘qolgan 14 yoshli qiz qidirilmoqda
12.09.2019 12:07,  
93

Toshkent shahar IIBB va Qashqadaryo viloyati IIB O‘zbekiston aholisidan bedarak yo‘qolgan 14 yoshli Razzoqova Sevinch Abdurasul qizini qidirishda ko‘mak so‘ramoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Sevinch 22 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi uyidan chiqib ketib, uyga qaytmagan. 

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, qorachadan kelgan, jigar rang sochlari o‘rta uzunlikda, ko‘zlari jigar rang, yuzida sepkili bor.

Kiyimlari: qora rangli oq yozuvi bor futbolka, djinsi shim, qora bosonojka.

Toshkent shahar IIBB qizni ko‘rgan yoki u haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan barcha fuqarolarni 102 raqamiga, yoki 71-2323040, 71-2324050 raqamlari orqali Toshkent shahar IIBBning navbatchilik xizmatiga, yoki +998-75-224-43-13, +998-75-221-66-45, +998-75-224-41-85, ili +998-90-444-70-80, +998-90-639-57-67 raqamlari orqali Qashqadaryo viloyati navbatchilik qismiga xabar berishlarini so‘raydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан