Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda bioxavfsizlik bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi
17.06.2019 11:48,  
16

O‘zbekistonda kuzda «Markaziy Osiyo mamlakatlarida bioxavfsizlik va biohimoya bo‘yicha milliy huquqiy bazani mustahkamlash va ixtisoslashgan tayyorgarlikni ta’minlash» loyihasi yakuni doirasida «Jayron» biologik xavfsizlik mintaqaviy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklariga qariyb 1 mln yevrolik biologik xavfsizlik bo‘yicha ikkita mobil laboratoriya taqdim etiladi.

Ilg‘or tajriba markazlarining kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar (KBRYaM) bo‘yicha milliy muvofiqlashtiruvchilarining O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etgan yig‘ilishida bu haqda so‘z bordi. Tadbir 12−14 iyun kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Pokiston Ilg‘or tajriba markazlariga a’zo davlatlarning mintaqaviy yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Mintaqa davlatlari «Markaziy Osiyo davlatlarida xavfsizlikni oshirishish va xavfsizlikka tahdidlarni pasaytirish uchun kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish» loyihasining amalga oshirilishini muhokama qildi. Qiymati qariyb 5 mln yevro bo‘lgan mazkur loyihani amalga oshirishda mintaqadagi kimyoviy va biologik chiqindilardan vujudga kelauvchi xavf-xatarlarga baho beriladi va ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda BMT Xavfsizlik kengashining yadroviy, kimyoviy yoki biologik qurollarni ishlab chiqish, sotib olish, ishlab chiqarish, tashish, berish yoki qo‘llashning oldini olish bo‘yicha rezolyusiyasining amalga oshirilishi bo‘yicha mintaqaviy harakatlar rejasini ishlab chiqishni boshlash bo‘yicha kelishuga erishildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbeda atom elektr stansiyalari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Yevropa tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuvlar ham o‘tkazdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан