Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda eng kam ish haqi oshirilishi mumkin
8.07.2019 17:04,  
51

O‘zbekistonda eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda. Spot’ning xabar berishicha, bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lumotlarida keltirilgan.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlarni yanada yaxshilash maqsadida tegishli tarmoqlarni modernizatsiya qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash va xarajatlarni optimallashtirish talab etilmoqda.

«Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash va sohaga faol investitsiyalarni jalb qilish imkonsiz», — deyiladi xabarda.

Shu sababli, mutaxassislar va xalq vakillari fikrlarini inobatga olib, aholi uchun tariflarni keskin oshirmasdan, inflyasiya darajasiga yaqin miqdorda o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Tarif islohotlari xalqqa yengil bo‘lishi uchun eng kam ish haqini ham oshirish rejalashtirilgan. Tariflarni tartibga solish bo‘yicha taklif etilayotgan islohotlar aholiga to‘liq yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан