Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda eng ko‘p haq to‘lanadigan sohalar qaysi?
4.09.2019 18:41,  
277

O‘zbekistonda IT sohasidagi eng ko‘p haq to‘lanadigan kasblar  CTO (texnik direktor), CIO, IT direktorlar hisoblanadi.

Spot internet nashrining so‘roviga binoan, HeadHunter kompaniyasi 2019 yil yanvar-avgust oylari uchun “Axborot texnologiyalari/Internet/Telekommunikatsiyalar” sohalaridagi  talab va taklifga asoslangan hisobotni tayyorladi.

2018 yilning shu davriga nisbatan bo‘sh ish o‘rinlarining o‘sishi 266 foizni tashkil etdi. Bu ish beruvchilar orasida ushbu kasb sohasidagi mutaxassislarga talab katta ekanini anglatadi.

IT sohasidagi barcha ixtisosliklar orasida eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari dasturlash va ishlab chiqish yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi - bu 18,7%, keyingi o‘rinda - telekommunikatsiya mutaxassislari - 13,6%.

Nomzodlarning yosh xususiyatlariga kelsak, hh.uz portaliga ko‘ra, eng katta segmentni 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan talabnoma beruvchilar taqdim etadi (56%)

So‘rovnomada qatnashganlarning 50 foizi 6 yildan ortiq ish stajiga ega ekanini ta’kidlagan, talabnoma beruvchilarning 10 foizi ish stajiga ega emaslar.

Nomzodlar eng ko‘p talab qiladigan ish haqi darajasi 2 807 200 so‘mdan 4 210 800 so‘mgacha, ikkinchi o‘rinda talab qilinadigan ish haqi 14 036 000 so‘mdan 42 108 000 so‘mgacha:

Mutaxassislik nomi

O‘rtacha ish haqi

Minimal ish haqi

Maksimal ish haqi

CRM (mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi)

2 743 336

741 687

13 905 344

CTO, CIO, IT direktor

18 702 128

1 854 268

34 763 464

Veb-muhandis

3 965 030

741 687

15 643 564

Beb-dasturchi

3 740 454

741 687

11 819 605

Ma’lumotlar bazasi administratori

2 992 756

741 687

9 000 000

Tahlilchi

2 493 916

741 687

18 750 000

Bank dasturiy ta’minotchisi

4 675 532

1 483 477

18 750 000

Muhandis

4 441 833

927 134

14 062 500

Internet

2 244 497

741 687

10 000 000

Kompyuter xavfsizligi

2 244 497

741 687

6 952 972

Konsalting, Outsorsing

2 119 857

593 391

4 687 500

Kontent

2 369 277

741 687

4 821 119

Marketing

2 415 876

741 687

5 933 701

Multimedia

7 169 448

1 854 268

13 905 344

SEO

2 805 375

 741 687

8 000 000

Internet xizmatlari

4 208 274

1 038 382

12 000 000

Helpdesk

2 119 857

741 687

9 000 000

Dasturlash

4 987 833

741 687

24 335 187

Savdo

2 843 132

834 463

6 605 049

Biznesni rivojlantirish

6 484 211

741 687

6 952 672

Tarmoqli texnologiyalar

2 743 336

741 687

7 556 100

Tizimli integratsiyalash

2 369 277

370 895

10 429 008

ERP

4 210 800

593 391

5 933 701

Uyali aloqa, simsiz texnologiyalar

5 766 831

1 483 477

5 933 701

Startaplar

6 983 050

1 001 334

13 905 344

Telekommunikatsiya

2 394 261

667 591

5 192 014

Testing

2 493 916

890 086

6 562 500

Texnik yozuvchi

2 369 277

1 483 477

4 450 328

Loyihalarni boshqarish

3 740 875

741 687

28 125 000

E-tijorat

4 207 933

1 038 382

13 905 344

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан