Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda eng yuqori ish haqi to‘lanadigan 5 soha nomi e’lon qilindi
29.08.2018 17:42,  
42

Iyul oyida go‘zallik salonlari uchun ustalar faol qidirildi, eng yuqori ish haqi esa Namangan va Samarqandda taklif etiladi. Boshqa sohalarda o‘rtacha qancha ish haqi to‘lanadi va qaysi sohalarda o‘zbekistonliklar yaxshi pul topishi mumkin – bu savollarga OLX tahlilchilari javob beradi.

Ekspertlar «OLX Ish» sahifasida ish izlovchilar uchun takliflarni tahlil qilib, O‘zbekistonda kimlarning mehnati uchun eng ko‘p ish haqi to‘lanishini aniqladi. Iyul oyi uchun eng yuqori ish haqi oladiganlar o‘rtasida TOP 5 ta sohaga ko‘chmas mulk agentlari, marketing, reklama va dizayn sohasi vakillari, shuningdek, quruvchilar kirdi. Reyting yuqorisini oylik ish haqi o‘rtacha 2,1 mln so‘m deb baxolangan riyeltorlar egalladi. Bu esa 2018 yilning birinchi yarmida Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi - 1,6 mln so‘mdan yuqori.

Eng yuqori ish haqi to‘lanadigan TOP 5 soha va o‘rtacha ish haqi:

Ko‘chmas mulk - 2 121 700 so‘m

Marketing / reklama / dizayn - 1 815 400 so‘m

Qurilish - 1 732 900 so‘m

Transport / logistika - 1 635 000 so‘m

Go‘zallik / fitnes / sport - 1 600 800 so‘m

Eng kam ish haqi - qo‘riqlash va xavfsizlik sohasi va uy-ro‘zg‘or xodimlari vakillariga tegishli ekanligi aniqlandi. Ushbu sohalarda ish haqi O‘zbekistonda o‘rtacha nafaqa miqdori bilan tenglashtiriladi.

«OLX Ish» sahifasi tahlilchilari shuningdek O‘zbekiston hududlari bo‘yicha ham ma’lumotlarni o‘rganishdi. Eng yuqori ish haqi Namangan viloyatida bo‘lib, uning miqdori 1,5 mln so‘mdan ortiqroq. Eng kam ish haqi Qoraqalpog‘istonda va Farg‘ona viloyatida bo‘lib, uning miqdori 975 ming so‘m atrofida.

O‘rtacha ish haqi bo‘yicha TOP 5 ta viloyat:

1. Namangan viloyati - 1 530 900 so‘m

2. Samarqand viloyati - 1 524 600 so‘m

3. Toshkent viloyati - 1 507 700 so‘m

4. Surxondaryo viloyati - 1 416 400 so‘m

5. Xorazm viloyati - 1 345 200 so‘m

Agar alohida ish o‘rinlari bo‘yicha qarab chiqilsa, 2018 yilning iyul oyi bo‘yicha eng yuqori ish haqi bolalar bog‘chasi mudiri lavozimi va go‘zallik saloni masteriga taklif qilingan - oyiga 15 mln so‘m. Ish haqi bo‘yicha yetakchilarning uchligiga fasadga ishlov beruvchi (fasadchi), eshik ishlab chiqarish ustasi va menejerlar kiradi - oyiga 10 mln so‘m.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан