Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda fan doktorlari maoshi 60 foizga oshiriladi
24.05.2019 16:22,  
292

O‘zbekistonda joriy yil 1 sentyabrdan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foizga oshiriladi.

“Prezident joriy yil 1 sentyabrdan barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilashni taklif qildi” – deyiladi davlat rahbari saytida.

Shuningdek, prezident Talabalar shaharchasi hududida professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar uchun 6 ta ko‘p qavatli uy va barcha sharoitlarga ega universal sport majmuasi qurish bo‘yicha topshiriq berdi. Shaharchada Yoshlar bog‘i, yozgi tomoshalar maydonchasi, “kitob-kafe”lar, Wi-Fi zonalarini tashkil etish va obodonlashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Bundan tashqari, Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv chog‘ida izlanuvchan olimlarni rag‘batlantirish maqsadida ilmiy ishlanma yaratgan tadqiqotchiga doktorlik va uni amaliyotga tatbiq etgan izlanuvchiga tayanch doktorlik ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoya tizimini joriy etish, byudjet mablag‘lari hisobidan stajyor-tadqiqotchilar institutini hamda yurtimiz biologik xilma-xilligini o‘rganadigan dala-tajriba stansiyalari tashkil etish muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ilmiy xodimlarning oylik maoshlari o‘tgan yil 1 sentyabrdan o‘rtacha 25 foizga, joriy yil 1 yanvardan 20 foizga oshirilgan edi. Joriy yilning 1 iyuldan esa yana 25 foizga ko‘tarilishi kutilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан