Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Google, Yandeks, Alibaba va Netflix’ga soliqlar joriy etilishi mumkin
3.09.2019 15:16,  
48

Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, xalqaro va milliy ekspertlar bilan birgalikda yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqqani haqida xabar qilgan edik.

Soliq kodeksining amaldagi tuzilishi saqlanib qolgan, u umumiy qism (soliq ma’murchiligi masalalari) va maxsus qismga (soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashning asosiy qoidalari) bo‘linishi nazarda tutilgan.

O‘shbu Soliq kodeksining 293-moddaga (Elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatish chog‘ida chet ellik yuridik shaxslar tomonidan hisobotlarni taqdim etish va soliq to‘lash) ko‘ra, soliq hisoboti chet ellik yuridik shaxslar tomonidan soliq organiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali belgilangan format bo‘yicha elektron shaklda taqdim etiladi.

Ushbu chet ellik yuridik shaxslar tomonidan soliq organiga hujjatlarni (axborotni) va ma’lumotlarni taqdim etish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish mumkin bo‘lmagan davrda bunday hujjatlar (axborot) va ma’lumotlar telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.

Soliq hisobotlari, hujjatlar (axborot) va ma’lumotlar o‘tgan soliq davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.

Chet ellik yuridik shaxslar tomonidan soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Ushbu bo‘limni qo‘llash maqsadlarida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda jahon Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan avtomatik usulda foydalanish orqali ko‘rsatilgan xizmatlar elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga kiradi. Elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

dasturiy ta’minotdan (shu jumladan Internet tarmog‘i orqali yetkazib beriladigan o‘yinlardan), ma’lumotlar bazalaridan, ularga kiritiladigan yangi ma’lumotlardan va qo‘shimcha funksional imkoniyatlardan Internet tarmog‘i orqali, shu jumladan ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yo‘li bilan foydalanishga doir huquqlar taqdim etish;

elektron kitoblardan (nashrlardan) va boshqa elektron nashrlardan, axborot, ta’limga oid materiallardan, grafik tasvirlardan, matnli yoki matnsiz musiqa asarlaridan, audiovizual asarlardan foydalanish huquqini Internet tarmog‘i orqali, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali ko‘rib chiqish yoki eshitish uchun ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yo‘li bilan taqdim etish;

Internet tarmog‘ida, shu jumladan elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlardan va Internetda ishlab turgan ma’lumotlar bazalaridan foydalangan holda reklamaga oid xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek Internet tarmog‘ida reklama uchun reklamaga oid maydon (joy) va vaqt berish;

Internet tarmog‘ida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), mulkiy huquqlarni olish (realizatsiya qilish) to‘g‘risida takliflar joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

Internet tarmog‘i orqali sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish va bitimlar tuzish (shu jumladan potensial xaridorlar avtomatlashtirilgan tartib-taomil vositasida o‘z narxini taklif etadigan hamda taraflar avtomatik tarzda tuzilib yuboriladigan xabar orqali sotuv to‘g‘risida xabardor qilinadigan real vaqt rejimidagi Internet tarmog‘ida ishlab turgan savdo maydonchasini berish) uchun axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan texnik, tashkiliy, axborot imkoniyatlarini va boshqa imkoniyatlarni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

o‘z maqsadlari uchun yoki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish maqsadlarida Internet tarmog‘ida hozir bo‘lishni ta’minlash va (yoki) saqlab turish, foydalanuvchilarning elektron resurslarini (saytlarini va (yoki) Internet tarmog‘idagi saytlari sahifalarini) saqlab turish, Internet tarmog‘idan boshqa foydalanuvchilarning ularga kirishini ta’minlash, foydalanuvchilarga ularni o‘zgartirish imkonini taqdim etish;

dasturning masofadan va onlayn rejimida ishlashini avtomatik tarzda saqlab turish, Internet tarmog‘idagi axborot tizimlarini, saytlarni ma’muriy jihatdan boshqarish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish;

axborotni taqdim etgan shaxs undan Internet tarmog‘i orqali foydalanish imkoniga ega bo‘lsa, ushbu axborotni saqlash va unga ishlov berish;

axborot tizimida axborotni joylashtirish uchun real vaqt rejimida hisoblash quvvatini taqdim etish;

domen nomlar berish, xosting xizmatlarini ko‘rsatish;

Internet tarmog‘i orqali xaridor tomonidan ma’lumotlar kiritilayotganda avtomatik usulda yuzaga keladigan axborotni yetkazib berish, ma’lumotlarni qidirish, so‘rovlarga ko‘ra ularni saralash va ajratish, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali mazkur ma’lumotlarni (shu jumladan fond birjasining real vaqt rejimidagi ma’lumotlari, matnlarning avtomatlashtirilgan tarjimasini real vaqt rejimida amalga oshirish) foydalanuvchilarga taqdim etish bo‘yicha avtomatlashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish;

potensial xaridorlar to‘g‘risidagi axborotni qidirish va (yoki) buyurtmachiga taqdim etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

Internet tarmog‘idagi qidiruv tizimlaridan foydalanish huquqini taqdim etish;

Internet tarmog‘idagi saytlarda statistikani yuritish.

Elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kirmaydi:

1) agar Internet tarmog‘i orqali buyurtma berilganda tovarlar yetkazib berish (xizmatlar ko‘rsatish) aslida Internet tarmog‘idan foydalangan holda amalga oshiriladigan bo‘lsa, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish;

2) elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va moddiy tashuvchilardagi ma’lumotlar bazalarini realizatsiya qilish (ulardan foydalanish huquqlarini taqdim etish);

3) elektron pochta bo‘yicha maslahatga oid xizmatlar ko‘rsatish;

4) Internet tarmog‘idan foydalanish imkonini berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

O‘zbekiston Internet-segmentida bunday xizmatlar Google, Yandeks, Alibaba, Netflix kabi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi.

2017 yilda Rossiya xorijiy Internet-kompaniyalar uchun soliq joriy etdi. Google va Apple kabi kompaniyalar Rossiyada 18% QQS to‘laydi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham Internet-kompaniyalar uchun soliq joriy etish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан