Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Gulnora Karimovaga pora berganlarning sud ishi bugun Shvetsiyada boshlanadi
4.09.2018 13:09,  
7

Shvetsiyaning Telia telekommunikatsiya kompaniyasining uch nafar sobiq xodimlari ustidan O‘zbekistonda 2007—2010 yillarda pora berganlik haqidagi ish bo‘yicha sud bugun, 4 sentyabr kuni Stokgolmda boshlanadi, deb yozadi Sputnik.

Ish qariyb besh yil tekshirilgan, o‘shanda kompaniya Telia Sonera deb nomlangan, tergov tugagani haqida Shvetsiya prokuraturasi o‘tgan yilning sentyabrida xabar bergan edi. Poraxo‘rlik ayblovlari o‘sha vaqtda, xususan, Telia Sonera’ning sobiq direktori Lars Nyubergga, Yevrosiyodagi bozor uchun mas’ul bo‘lgan Tero Kivisaariga va kompaniya huquqshunoslaridan biriga nisbatan e’lon qilingan. Ularning uchalasi ham aybiga iqror bo‘lgan, ular olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi korrupsiya bo‘yicha keng ko‘lamli tekshiruvlar Niderlandiya, Shvetsiya va Shveysariya rasmiylari tomonidan 2012, AQSh tarafidan esa 2014 yilda boshlangandi. 2017 yilda ushbu tekshiruvlar yakunlangach, Telia murosaga borib, uni tekshirgan organlarga 965 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.

Tergovchilar xulosasiga ko‘ra, Telia O‘zbekiston bozorida mustahkam o‘rnashib olish maqsadida, Shvetsiya prokuraturasi fikriga ko‘ra, o‘sha vaqtda O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorini deyarli to‘liq nazorat qilgan Gulnora Karimovaga yirik summada pul to‘lagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2007 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda poralar summasi 280 million yevroga yetgan bo‘lishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан