Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?
1.04.2019 13:48,  
19

O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi 1 apreldan 3 aprelgacha O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 2 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 va 3 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mart—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 mart—1 aprelda 3-8 daraja iliq, 2—3 aprelda 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 8-13 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 15-20 daraja iliq, 3 aprelda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 18-23 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 20-25 daraja iliq, 3 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq, 1 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 3 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 31 martda 20-25 daraja iliq, 1 aprelda 18-23 daraja iliq, 2 aprelda 22-27 daraja iliq, 3 aprelda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 15-20 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2—3 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 va 3 aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. 31 mart—1 aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1—3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 mart—1 aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 2—3 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан