Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tariladi
19.04.2018 19:40,  
4

O‘zbekistonda ushbu hafta oxiridan boshlab harorat ko‘tarilib boradi. O‘zgidrometning xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 21 va 23 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22 va 24 aprelda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 issiq, 22-24 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliqgacha, kunduzi 25-30 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi, 22-24 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 darajagacha ko‘tariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан