Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda havo harorati salqinlashadi
18.06.2019 10:14,  
12

Jazirama kunlardan so‘ng O‘zbekistonda va nihoyat kunlar salqinlashadi. Respublikada mo‘’tadil havo o‘rnatiladi, deb xabar bermoqda "O‘zgidromet".

Sinoptiklar so‘zlariga ko‘ra, butun hafta davomida O‘zbekiston frontal aktiv hudud ta’siridan tashqarida bo‘ladi.

"Hafta davomida O‘zbekistonda kam bulutli, quruq va unchalik issiq bo‘lmagan havo harorati kuzatiladi. Faqat 18 iyun kunlari respublika bo‘ylab shamol bo‘lishi kuzatiladi. Shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrni tashkil etadi. Kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘lishi kutilmoqda.", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida O‘zbekistonda tabiiy ofatlar ro‘y bergan: yomg‘ir sharros quyib, do‘l yoqqan, chaqmoq va yashin tushishi holatlari kuzatilgan edi. Buning oqibatida respublika bo‘ylab suv toshqinlari va daraxtlarning qulashi kabi hodisalar kuzatilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан