Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ilk bor Tojikiston yoshlari soddalashtirilgan tartibda tahsil oladilar
12.07.2017 13:17,  
8

Tojikiston talabalari ilk marta O‘zbekistonda soddalashtirilgan tartibda tahsil olishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi ma’lumotiga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.

"2017/2018 o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetiga tojik talabalarini soddalashtirilgan tartibda qabul qilish boshlanadi. Tojikiston fuqarolari TDYuUga kvotadan tashqari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirishlari mumkin. Buning uchun ular imtixon topshirishlari shart emas, faqatgina suhbatdan o‘tadilar", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 iyundagi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYuU) bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi.

TDYuU Boston kollejining huquq Maktabi, Kapitoliy Tuluza 1, Nagoya, Osaka, siyosat va huquq bo‘yicha Shimoli-g‘arbiy (Xitoy, Sian) va Sharqiy universitetlari bilan xalqaro aloqalar va loyihalarni yo‘lga qo‘ygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан