Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlari ishtirokida robotlar tanlovi o‘tkaziladi
5.09.2019 12:24,  
45

Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar ishtirokida 2019 yil oxiriga qadar O‘zbekistonda robot texnikasi bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tadi. Ushbu haqida 4433-sonli prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorda, yosh mutaxassislarni 2019-2020 yilllar davomida qarorda belgilangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil qilingan Yoshlar akademiyasi faoliyatiga jalb qilish maqsadida ham nazarda tutilgan.

“Yoshlarni aniq fanlar bo‘yicha bilimlarini yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish maqsadida Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida “International Robotics Challenge” xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada tashkil qilish”, - deyilgan qarorning “Yo‘l xaritasida”.

Qarorda shuningdek 1 oktyabrga qadar tanlov o‘tkazish dasturini va taklif qilinadigan xorijiy mehmonlar ro‘yxatini tuzish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning mart oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 2020 yilda Toshkentda IHTning fan va texnologiyalarga bag‘ishlangan sammiti bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edi. Birinchi sammit ema 2017 yilda Ostonada bo‘lib o‘tgan edi.

Shuningdek fan va texnologiyalar rivojlanish dasturiga muvofiq O‘zbekistonda 2026 yilga qadar IHTning 6ta kompyuter markazlaridan biri joylashishi ham e’lon qilingan edi.  

Ma’lumot uchun IHTga 1969 yilda asos solingan,2011 yilda uning nomi o‘zgartirilgan. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 57 mamlakat a’zo bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан