Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ismli avtoraqamlar joriy etilishi mumkin
10.05.2019 14:06,  
30

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida ismli (nomli) avtoraqamlarni joriy qilish haqida petitsiya e’lon qilindi.

«Harakat xavfsizligini ta’minlash sohasini yanada rivojlantirish va fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘shimcha pul to‘lash asosida avtomobil egasining ismi yoki u tomonidan taklif qilingan so‘z (nom) tushirilgan avtoraqamlarni joriy qilishni taklif qilaman. Aksariyat rivojlangan davlatlarda ushbu amaliyot mavjud», — deb yozadi petitsiya muallifi.

Qayd etilishicha, mazkur turdagi avtoraqamlarni sotish davlat byudjetiga ham mablag‘larni tushirishga xizmat qiladi. Aksariyat holatlarda yo‘l harakat qoidalarini qo‘pol tarzda buzish yoki ehtiyotsizlik natijasida piyodani urib yuborish va voqea joyidan qochib ketish holatlarida bunday avtomobil raqamlari zarur hisoblanadi. Kuzatuv kameralari o‘rnatilmagan joylarda shunday huquqbuzarlik yoki jinoyatlar sodir etilganda fuqarolar raqamlardan ko‘ra so‘zlarni yaxshiroq eslab qoladilar.

«Shu sababli, mamlakatimizda avtomobillar uchun avtomobil egasi tomonidan taklif qilingan so‘z (nom) tushirilgan avtoraqamlarni joriy qilishni taklif qilaman», — deyiladi murojaatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан