Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ko‘chma metan zapravkalar paydo bo‘ldi
27.08.2018 17:08,  
184

Uzoq qishloqlarni gaz bilan ta’minlash va avtomobillarga kompressor stansiyasi bo‘lmasa ham gaz quyish muammosi hal qilindi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekneftegaz" AJ.

“Angren” erkin iqtisodiy zonasida "O‘zbekneftegaz" va Koreyaning NK Group kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan UNG Enk Mobile kompaniyasi tomonidan ko‘chma gaz quyish va gaz jamlash akkumulyator stansiyalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zbekneftegaz” xabarida aytlishiga ko‘ra, ushbu ko‘chma gaz quyish stansiyalari hududiy tadbirkorlarga juda qo‘l kelishi mumkin. Ular o‘z hududlaridagi vaziyatni yaxshi tushungan holda, qayerga ana shunday gaz to‘ldirish stansiyalari ko‘proq kerakligini yaxshi tushunishadi. Masalan qishloq xo‘jalik ishlari avjiga chiqqan mavsumda ana shunday stansiyalar dalalar yaqinlarida o‘rnatilishi mumkin.

Sinov tariqasida ushbu yil boshida Koreyadan O‘zbekistonga ikkita ana shunday ko‘chma gaz to‘ldirish stansiyasi sotib olingan edi. Ular Toshkent viloyatida dalalarda ish mavsumida qishloq xo‘jalik texnikasini siqilgan tabiiy gaz bilan ta’minlashdi.

Ko‘chma gaz quyish akkumulyator stansiyasi bir martada 5000 kubmetrgacha gaz olib kelishi va 30ta traktorni zapravka qilishi mumkin. Kompaniya saytida aytilishiga ko‘ra, yuk avtomobili pritsepi shaklida yasalgan stansiya narxi 203 000 shartli birlik (dollar bo‘lsa kerak). 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан