Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda minilgan eski avtomobilni topshirib, yangisini olib ketish mumkin bo‘ladi
7.06.2019 18:43,  
28

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida "O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi" mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

"O‘zavtosanoat" strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Masalan, sizning moshinangiz bor, 3-5 yoki 10 yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi moshina sotib olish uchun pulingiz kamroq bo‘lishi mumkin. Siz eski, ya’ni hozir minib yurgan moshinangizni dillerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil o‘rtasidagi farqni to‘lov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz”, - dedi Rustam Qodirov.

Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан