Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda minimal ish haqi oshirilishi mumkin
2.12.2018 13:51,  
26

O‘zbekistonda minimal ish haqi 577 ming so‘mgacha oshirilishi mumkin. Bu ko‘rsatkich 1 dekabrgacha 456 ming so‘mga teng edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirildi.

O‘zbekistonda minimal ish haqi yagona tarif setkasi koeffitsentlari bo‘yicha hisoblanadi. Hukumat 2019 yil 1 yanvardan quyi razryadlar koeffitsentlarini o‘rtacha 10 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bunda tarif setkasidagi koeffitsentlarni anglatuvchi 2,476, 2,725 va 2,998 raqamlari tegishli ravishda 2,847, 2997 va 3,148 raqamlariga almashtiriladi.

Shunda kelgusi yil yanvaridan birinchi, ikkinchi va uchinchi razryadlar bo‘yicha maosh oluvchilar ish haqi 577, 607 va 638 ming so‘mgacha ko‘tariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан