Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda o‘ta og‘ir jinoyatlar ko‘paymoqda
26.08.2019 10:38,  
58

O‘zbekistonda 2019 yilning birinchi yarmida huquqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jinoyatlar umumiy soni qisqargan bo‘lsada, o‘ta og‘ir jinoyatlar ulushi oshdi, deb xabar qildi ichki ishlar vaziri Senat majlisida. 

Xususan, 2019 yilning 1 yarim yilligida sodir etilgan jinoyatlar umumiy miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32%ga kamaydi. Shunday bo‘lsada, amalga oshirilgan jinoyatlar orasida og‘ir jinoyatlar ulushi - 2,7 foizga oshgan, - deyilgan xabarda.

Xususan, Surxondaryo viloyatida qayd etilgan jinoyatlarning 38 foiz,  Toshkent shahrida va Xorazm viloyatida qayd etilgan jinoyatlarning – 30 foiz, Namangan, Jizzax va Navoyi viloyatlarida sodir etilgan jinoyatlarning – 25 foiz - o‘ta og‘ir jinoyatlar turiga mansubdir.

Yuqoridagi vaziyatni hisobga olgan holda IIV jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatlar profilaktikasini amalga oshirish va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida huquqni saqlash organlari faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar kiritdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан