Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda o‘tgan yil nechta yangi masjid ochilganligi ma’lum bo‘ldi
3.01.2019 16:22,  
35

O‘zbekiston Musulmonlar idorasi 2018 yil davomida mamlakatda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan yil sarhisobini e’lon qildi.
Qo‘mita o‘z xabarida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Qur’on musobaqalari bilan boshlangan 2018 yil "qut-barakali o‘tgani" haqida yozadi.

Xususan, diniy-ma’rifiy sohani takomillashtirish to‘g‘risidagi qator farmon va qarorlari asosida: Xalqaro islom akademiyasi ta’sis etildi, Xalqaro Islom sivilizatsiya markazi tashkil etildi, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tuzildi; Hadis ilmi maktabi nomli oliy diniy ta’lim muassasi ish boshladi.

Masjid-madrasalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir qator imtiyoz va yengilliklar berildi. 13 ta yangi masjid ochildi, 39 tasi yangidan qurildi, 100 ga yaqini kapital ta’mirlandi.

Haj qiluvchilar soni 7200 dan oshdi, umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘ldi; Ramazon oyida 1149 ta masjidda xatmi Qur’on o‘tkazildi; "Qur’oni karim va tajvid" hamda "Arab tili" kurslari tashkil etildi.

Qo‘mita diniy sohada amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni butun dunyo hamjamiyati e’tirof etayotganini ham qo‘shimcha qilgan. Xususan, AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonda diniy erkinlik yo‘lidagi ishlarni tan oldi. BMT sessiyasida O‘zbekiston tashabbusi bilan "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" nomli muhim hujjat qabul qilindi.
O‘zbekiston ulamolari xalqaro anjumanlarda munosib ishtirok etdi. Saudiya Arabistoni, Fransiya, Ispaniya, Rossiya, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlar mezbonlik qilgan nufuzli xalqaro tadbirlarda vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashdi.

Islom olami bilan aloqalar mustahkamlandi - musulmon dunyosining eng mo‘’tabar ulamolari O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Azhari sharif shayxi Ahmad Toyyib, yirik muhaddis Muhammad Avvoma va tariqat peshvosi Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy kabi zotlarning tashrifi o‘zgacha fayz baxsh etdi.

"2018 yil 28 dekabrdagi Prezidentimiz Murojaatnomasidan kelib chiqsak, 2019 yilni – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilinishi mamlakatimizda tobora kuch-quvvatga to‘lib borayotgan islohotlarning davomi bo‘ladi. ... Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham o‘zining munosib hissasini qo‘shishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, "Vaqf" xayriya jamoat fondi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarini qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda jamiyatni ijtimoiy rivojlantirish loyihalarini ham hayotga tadbiq etishni o‘z oldiga maqsad qilgan. Sarmoyadorlar bilan ham hamkorlik o‘rnatishni nazarda tutgan", - deb ma’lum qilgan qo‘mita.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан