Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda psixiatriya yordamini ko‘rsatish tizimi o‘zgaradi
13.09.2019 13:27,  
59

2019 yilning 10 sentyabr sanasida «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra jinoyat sodir etish vaqtida ruhiy holati buzilganligi tufayli o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini to‘liq darajada anglay olmagan yoki ularni boshqara olmagan aqli raso shaxs javobgarlikka tortiladi.

Aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda ruhiy holati buzilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan jazo bilan birga tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан