Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda soliq bosimi naqadar katta?
27.11.2017 09:42,  
121

Oldingi maqolalarimda men bir necha bor, O‘zbekistonda soliq bosimi juda yuqori ekanligini aytib o‘tgan edim, Osiyoning eng tez rivojlanayotgan mamlakatlaridagi soliq bosimini O‘zbekiston bilan solishtirgan edim, deb yozadi Yusupov.

Osiyo Taraqqiyot bankidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda O‘zbekistonda soliq bosimi hududdagi boshqa mamlakatlarga nisbatan 1,5 — 2 baravar ko‘p bo‘lgan.

Таб-1

Osiyoning rivojlanatgan mamlakatlarida soliq bosimi OTB

Bunday sharoitda bizning tadbirkorlarimiz qanday kun ko‘rishi mumkin? Soliqlar bunday yuqori bo‘lsa biz o‘z iqtisodimizga qanday qilib chet el sarmoyalarini jalb qilishimiz mumkin?

Men ishtirok etgan suhbatlarda bizning amaldorlar, doimo, "Nega siz bizni faqat osiyo mamlakatlari bilan solishtirasiz? Masalan, G‘arbiy Yevropaning ayrim mamlakatlarida (Gollandiya, Shvetsiya, Fransiya) soliqlar biznikidan ham ko‘p!",  - deyishar edi.

Bu borada turli rivojlangan mamlakatlar turli siyosat olib boradi. Ayrim boy davlatlarda haqiqatdan ham soliqlar miqdori katta. Lekin boshqalarida (AQSh, Yaponiya) ular unchalik katta emas.

Birinchidan, G‘arbiy Yevropada, AQSh va Yaponiyada ham, oldin, aholi kambag‘al bo‘lgan vaqtlarda soliqlar miqdori ham bugungidan ancha kam bo‘lgan"

Ikkinchidan, ularning oldida tez iqtisodiy rivojlanib, bir necha o‘n yillardan keyin rivojlangan mamlakatlarga yetib olish kabi maqsad yo‘q. Bizni esa — bunday ulkan soliqlar qo‘yishga haqqimiz yo‘q.

Shuning uchun ham men bizdagi soliq bosimini turmush darajasi va iqtisodiy jihatdan O‘zbekistonga o‘xshagan mamlakatlar bilan solishtirdim.

Mana bu maqolada Jahon banki ekspertlari sobiq Ittifoq mamlakatlaridagi soliq bosimini keltirib o‘tgan.

Sobiq SSSR mamlakatlarida daromad solig‘i miqdori (2012 yil):  

Таб-2

MDH mamlakatlarida soliq bosimi, Jahon banki

Ushbu mamlakatlarda turmush darajasi aynan O‘zbekistondagidek. Bu Shvetsiya yoki Gollandiya bilan solishtirgandan ko‘ra to‘g‘riroq. Undan tashqari ushbu mamlakatlar tarixi va mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘llari, ijtimoiy to‘lovlar bosimi ham O‘zbekistonga juda o‘xshash.

Ushbu va undan oldingi grafiklarda ko‘rib turganingizdek O‘zbekistonda boshqa mamlakatlarga nisbatan soliq bosimi juda yuqori.

Bunga javoban bizning amaldorlarimiz "Jahon Banki ekspertlari adashgan. Bizda soliqlar miqdori Gruziya va Estoniyadan baland emas", — deb javob berishdi.

Men soliq eksperti emasman va darhol bunga qarshi argumentlar keltira olmayman. Lekin men iqtisodchiman, shuning uchun men ularga muayyan korxona misolida dalil keltiraman.

Qulay bo‘lishi uchun turli mamlakatlarda bir xil biznes yuritadigan xalqaro kompaniyani misol tariqasida olamiz. Masalan, "Bilayn". Men uyda va turli mamlakatlardan safarda bo‘lgan vaqtimda ularning xizmatidan tez-tez foydalanib turaman.

Men "Bilayn"dan MDHning yetti mamlakatida soliq bosimi haqidagi ma’lumotlar olishga muvaffaq bo‘ldim. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.  

Bilayn kompaniyasining daromadi tarkibida soliqlar va turli majburiy to‘lovlar miqdori, 2016 yil, foiz hisobida:

Таб-3

MDHning yetti mamlakatida soliq bosimi "Bilayn" misolida

Ko‘rib turganingizdek, bitta kompaniya, bitta biznes turi va bir xil daromad asosi. Qo‘shimcha qiymat solig‘i va mehnat solig‘i barcha mamlakatlarda alohida hisoblanadi.  

Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda "Bilayn"ga soliq bosimi, Ukrainaga nisbatan — ikki baravar, Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘istonga va Armanistonga nisbatan — 3 baravar va Rossiyaga nisbatan — 6 baravar ko‘p.  Ko‘rinib turibdi-ki, ushbu ko‘rsatgichlar Jahon banki hisob-kitoblariga juda o‘xshash.

Ho‘sh nimaga bunday?  Agar bizning soliqlarimiz "xuddi boshqa mamlakatlardagidek" bo‘lsa, nega natija butunlay boshqacha? Buning sababini sinchikov o‘rganib chiqdim.

Foyda solig‘i  

Bilayn to‘layotgan soliqlarning teng yarmi bu — foyda solig‘i.  "Bizda foyda solig‘i 7,5 foiz — bu dunyoda eng kichikina stavka", — deb jar solayotgan ayrim mutaxassislar e’tiborini quyidagi sonlarga qaratmoqchiman.

Таб-4

"Bilayn" amalda to‘lagan foyda solig‘ining umumiy daromadga nisbatan foiz.

Agar haqiqatdan shunday bo‘lsa, unda foyda solig‘i 15 foiz bo‘lgan Gruziyada, qanday qilib soliq bosimi korxonaning umumiy  daromaddan 0,3 foizini, foyda solig‘i 20 foiz bo‘lgan Rossiyada — umumiy daromaddan 1,3 foizini tashkil qilish mumkin?

Keling endi dunyoda eng kam soliq miqdori belgilangan mamlakatda, qanday qilib boshqalardan ancha ko‘p soliq to‘lashimizni bilib olaylik.

Birinchidan, soliq bazasi, ya’ni soliq nimadan hisoblanishiga nazar tashlaylik. Boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlar, foyda solig‘ini hisoblaganda juda ko‘p harajatlarni soliq bazasidan(soliqqa tortiladigan asosdan) chiqarib tashlashlari mumkin.

O‘zbekistonda esa, xayr-ehson yordamlari miqdori, xodimlarga moddiy yordam miqdori, audit xarajatlari (bir yilda birmarotabadan ko‘p bo‘lsa), xodimlar tibbiy sug‘urta xarajatlari soliq olish bazasidan chiqrib tashlanmaydi. Turli biznes uchrashuvlar, tadbirlar xarajatlari esa daromadning 1%dan ko‘p bo‘lmagan miqdorida ruxsat beriladi. Sarmoya xarajatlarini soliq bazasida chiqarish esa — bir necha yilga cho‘zib yuboriladi.

Bizda soliq bazasidan chiqariladigan xarajatlar ro‘yxati yopiq. Ushbu ro‘yxatda bo‘lmagan xarajatlar esa, avtomatik ravishda soliq olish bazasiga kiritilmaydi va uni  kamaytirmaydi. Umuman aytganda, O‘zbekistondagi 7,5 % foyda solig‘i bilan Gruziyadagi 15 foiz foyda solig‘i orasida ulkan farq bor. O‘zbekistonda tadbirkorlar sof foydadan tashqari bir talay xarajatlardan ham foyda solig‘i to‘laydi.

Ikkinchidan, O‘zbekistonda ayrim sohalarda, jumladan uyali aloqa sohasida ham, eng kam bo‘lgan 7,5 foizli foyda solig‘idan tashqari 50 foizli ustama foyda solig‘i ham bor. Agar uyali aloqa operatori rentabellik darajasi 20 foizdan oshsa, foydaning oshgan miqdoridan qo‘shimcha 50 foizli foyda solig‘i ham olinadi. Mana sizga dunyoda eng kam soliq stavkasi…

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar foyda solig‘idan tashqari yana bir necha xil soliqlar to‘lashi kerak:

foiz — obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilma solig‘i = (foyda — foyda solig‘i)*0,08.   

10 foiz — dividend solig‘i, agar korxona ta’sischisi chet el fuqarosi bo‘lsag‘yu, o‘sha mamlakat bilan O‘zbekiston orasida ikki karra soliqqa torish shartnomasi bo‘lmasa.

2750 so‘m — oylik abonent nomeri uchun to‘lov solig‘i. (Boshqa mamlakatlarda bunday to‘lov umuman yo‘q. Shuning uchun ham bizda abonent to‘lovi bo‘lmagan tariflar yo‘q)  

Daromad (kirim) soliqlari  

O‘zbekistonda umumiy tartibda soliq to‘laydigan barcha korxonalar Respublika Yo‘l fondiga (1,4 foiz), Byudjetdan tashqari Nafaqa fondiga (1,6 foiz), Ta’lim muassasalarini ta’mirlash fondiga (0,5 foiz) — jami 3,5 foiz  soliq to‘lanadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu soliq korxonaga kelib tushgan barcha mablag‘lardan (umumiy kirim) miqdoridan to‘lanadi.

Men oldin ham bir necha marotaba aytgan edim. O‘zbekistonda mehnat taqsimotining yuqori darajada rivojlanishining asosiy dushmani, bu — daromad soliqlari. Ushbu soliq bizning iqtisodga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l ochib bermaydi.   

Daromad solig‘i — miqdori bo‘yicha "Bilayn" O‘zbekistonda to‘layotgan soliqlar orasida uchinchi o‘rinda turadi. Qo‘shimcha qiymat va mehnat soliqlarini hisobga olmaganda.

Qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS)

Qo‘shimcha qiymat solig‘ig‘i O‘zbekistonda eng yuqori — 20 foiz,  Rossiya va Gruziyada — 18 foiz, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda — 12 foiz.

Undan tashqari, ushbu soliqning O‘zbekistonda o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, agar siz ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxidan arzonga sotsangiz yoki biror davlat yoki nodavlat tashkilotiga bepul ravishda topshirsangiz, Qo‘shimcha qiymat solig‘ini baribir to‘laysiz (mahsulot tannarxidan).

Yana bir muammo, O‘zbekistonda QQS to‘lov tizimida uzilishlar juda ko‘p, chunki ko‘p koxonalar QQSsiz soliq tizimida ishlaydi. Agar siz oldin QQS to‘lamagan korxonadan biror nima sotib olsangiz, uni to‘liq miqdorda o‘z yoningizdan to‘lashga majbur bo‘lasiz. Bunday holda QQS  20 foizli daromad solig‘iga aylanadi.

Mehnat soliqlari

Yaqinda chop etilgan maqolada Mansur Tangishov O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi mehnat soliqlari miqdorini hisoblab chiqqan. Unga ko‘ra biz yana "hammadan oldinda".

Jismoniy shaxslar oyligida daromad  va ijtimoiy soliqlar miqdori, foiz hisobida:

таб-5

MDH mamlakatlarida jismoniy shaxslar daromad va ijtimoiy soliqlari miqdori

Ko‘rib turganingizdek, QQS va mehnat soliqlari miqdorini hisobga olganda, O‘zbekiston va biz ko‘rib chiqayotgan mamlakatlar orasidagi farq yanada kattalashadi.

To‘g‘ri, Fransiya yoki Shvetsiyada soliqlar bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin lekin bizda daromad va iqtisod rivojlanish darajasi ham turlicha. Ikkinchidan, soliqlar miqdori yuqori bo‘lgan mamlakatlarda, shunga yarasha sifatli tibbiyot va sifatli o‘rta va oliy ta’lim xizmatlari ham bepul. Shuningdek, jamiyatning barcha toifalariga qaratilgan kuchli ijtimoiy himoya tizimi ham bor.

Balkim O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan tashqi mehnat migratsiyasi muammosining tub negizida ham aynan shu muammo yotgandir. Balkim iqtisod va tadbirkorlar bo‘yniga bo‘g‘ma ilondek yopishgan ushbu soliqlar, tufayli yangi korxonalar, yangi ish o‘rinlari tashkil qilinmayotgandir?

Agar bir samarali iqtisod yaratmoqchi bo‘lsak, bizning soliqlarimiz miqdori, nima sababdan biz kabi rivojlanayotgan mamlakatlarnikidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishi kerak?

Xulosa yoki ushbu vaziyatda nima qilishimiz kerak?

Men bu haqida juda ko‘p yozganman va  yana bir marotaba takrorlayman:

1. Soliq tizimini to‘liq qayta isloh qilish kerak: barcha katta va kichik korxonalarni yagona soliq tizimiga o‘tkazib, soliq bosimini keskin darajada kamaytirish kerak. Xususan, quyidagi soliqlarni bekor qilish kerak:

— daromad (kirim) soliqlarini bekor qilish (umumiy tartibdagi korxonalar uchun);

— soliqlar sonini keskin kamaytirish, (abonent nomeri uchun to‘lov kabi, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan soliqlarni bekor qilish)

— soliq foizlarini kamaytirish;

— Sarmoya xarajatlarida 100 foizli amortizatsiya va QQSni qaytarish tizimini ishga tushirish;

2. Aksariyat korxonalarni QQS soliq tizimida ishlashga jalb qilish yoki AQSh va Yaponida bo‘lgani kabi chakana savdo solig‘i kiritish.

3. Mehnat soliqlarini keskin kamaytirish.  Solq olishing progressiv tizimidan yagona stavka tizimiga o‘tish. Bu mamlakatda oyliklar oshishi uchun yaxshi stimul bo‘lishi mumkin.

4. Turli shaxsiy va soha soliqlarini bekor qilish. Kelajakda soliqqa tortishning turli-tuman tizimlaridan voz kechib, yagona tizimga kelish.

5. Soliq jamlash va soliq hisoboti tizimini soddalashtirish

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан