Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Tax-free tizimi joriy etiladi
11.07.2019 12:42,  
8

O‘zbekistonda Tax-free tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu vazifa “Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilangan.

Qaror talablariga ko‘ra, bu tizimni ishlab chiqish uchun tegishli organlarga uch oy muddat berildi.

Tax-free tizimi chet el fuqarolariga O‘zbekistonda xarid qilgan tovarlari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berishni nazarda tutadi. Chet el fuqarosi O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tayotganda tegishli hujjatlarni taqdim etgan paytda, ularga soliq summasi qaytariladi.

Bu tizim joriy etilgan xorijiy mamlakatlarda qaytariladigan mablag‘ 7 - 22 foizni tashkil qiladi. QQS undiradigan 130 ta davlatdan 50 tasida mahsulotlarda Tax-free logotipi yopishtirilgan taqdirda soliq qaytariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан