Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda umrbod oylik to‘lanadigan sportchilar soni 57 nafarga yetdi
12.02.2019 17:56,  
10

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi «Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida» qaroriga asosan olimpiya va paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari uchun umrbod oylik to‘lovlar to‘lab borilishi belgilangan edi.

Qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yilning 27 dekabridagi va joriy yilning 7 fevraldagi tegishli farmoyishlariga asosan, umrbod oylik to‘lov oladigan sportchilar ro‘yxati tasdiqlandi.

Hozircha umrbod oylik to‘lov to‘lab boriladigan olimpiya va paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindori soni 57 nafar. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan:

Oltin medal uchun — eng kam oylik ish haqining 10 barobari;

Kumush medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari;

Bronza medal uchun — eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida umrbod oylik to‘lab boriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi 878-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan umrbod oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomga asosan, umrbod to‘lovlarni olish uchun har yili 1 dekabrga qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga ariza va pasport nusxasi taqdim etilishi shart.

Sportchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, olimpiya va paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa, vafot etsa umrbod oylik to‘lov to‘xtatiladi.

Ta’kidlash joiz, sportchi kelgusi olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida yana g‘olib va sovrindor bo‘lsa, unga umrbod oylik to‘lovlar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан